Rus maktablaridagi o’zbek tili o’qituvchilariga ham 50 foiz ustama to’lanadi

Rus maktablaridagi o’zbek tili o’qituvchilariga ham 50 foiz ustama to’lanadi

Rus yoki boshqa tillarda ta’lim beriladigan maktablarda o’zbek tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi, tegishli milliy sertifikatga ega o’qituvchilarga tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama to’lanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu tartib 2025-yil 1-fevraldan amal qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ustama qaysi hujjat asosida to’lanadi?

Prezidentning «O’zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risidagi farmoni bilan mazkur ustama belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko’ra, 2025-yil 1-fevraldan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’zbek tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi hamda o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega o’qituvchilarga 50 foiz ustama to’lanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farmonda ta’lim tili bo’yicha cheklov belgilanmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Demak, rus, qoraqalpoq yoki boshqa tillarda ta’lim beriladigan maktablardagi o’zbek tili o’qituvchilariga ham ushbu tartib tatbiq etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avval qanday tartib amal qilgan?

Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan ona tili va adabiyot hamda tarix fani o’qituvchilariga 50 foizlik ustama joriy etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Biroq o’zbek tili va ona tili alohida fan hisoblangani sababli vazirlik 50 foizlik ustamani rus sinflaridagi o’zbek tili o’qituvchilariga tatbiq etmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik o’sha vaqtda mazkur o’qituvchilar 20 foizlik ustama olishda davom etishini ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa o’qituvchilarning e’tiroziga sabab bo’lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Masala bir oy o’tib hal etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-fevraldan o’zbek tili (davlat tili) fani o’qituvchilariga ham 50 foizlik ustama belgilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ustama olish uchun qanday talablar mavjud?

  • Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha milliy sertifikatga ega bo’lish;
  • Tegishli darajadagi sertifikatga ega bo’lish (ona tili va adabiyoti fani uchun kamida B+ daraja talab etiladi);
  • O’zbek tili (davlat tili) fanidan dars berish.

Ustama tegishli fan bo’yicha dars soatlari uchun tarif stavkasiga nisbatan hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agar belgilangan talablarga javob bersangiz, ammo sizga 50 foizlik ustama to’lanmayotgan bo’lsa, @talimxabarlariga_bot orqali tahririyatimizga murojaat qilishingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠