O‘zbekistonning 38 ta oliygohi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi

O‘zbekistonning 38 ta oliygohi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi

“QS World University Rankings: Asia – 2027” reytingida O‘zbekistonning 38 ta oliy ta’lim tashkiloti qayd etildi. Ularning 6 tasi Osiyoning TOP-500, 2 tasi esa TOP-200 universitetlari qatoridan joy oldi. Markaziy Osiyo universitetlari reytingida esa O‘zbekistonning ikki oliygohi TOP-10 talikka kirdi.

 

Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligi tomonidan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi — “QS World University Rankings: Asia – 2027” e’lon qilindi. Undan O‘zbekistonning 38 ta oliy ta’lim tashkiloti o‘rin oldi.

 

Unda O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarining 19 tasi TOP-1000, 6 tasi TOP-500 va 2 tasi TOP-200 talikdan o‘rin egallagan.

 

Shuningdek, Markaziy Osiyo universitetlari reytingida O‘zbekistonning ikki oliy ta’lim tashkiloti TOP-10 talikka kirdi. Jumladan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 4-o‘rin, O‘zbekiston Milliy universiteti esa 9-o‘rin olgan.

 

QS World University Rankings: Asia 2027 reytingida Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlari natijalari:

 

T/r Oliy ta’lim muassasasining nomi Osiyodagi o‘rni Markaziy Osiyodagi o‘rni
1 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 113 4
2 O‘zbekiston Milliy universiteti 196 9
3 Samarqand davlat universiteti 215 11
4 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 255 13
5 Toshkent davlat texnika universiteti 281 17
6 Namangan davlat texnika universiteti 469 29
7 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 549 35
8 Toshkent davlat transport universiteti 553 36
9 O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti 578 37
10 Urganch davlat universiteti 590 39
11 Qarshi davlat universiteti 761–770 50
12 Toshkent davlat agrar universiteti 771–780 53
13 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 791–800 54
14 Buxoro davlat universiteti 801–850 56
15 Farg‘ona davlat texnika universiteti 801–850 52
16 Farg‘ona davlat universiteti 851–900 59
17 Jizzax politexnika universiteti 951–1000 63
18 Qoraqalpoq davlat universiteti 951–1000 63
19 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 951–1000 63
20 Andijon davlat universiteti 1001–1100 66
21 Central Asian University 1001–1100 66
22 Jizzax davlat pedagogika universiteti 1001–1100 66
23 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1001–1100 66
24 Guliston davlat universiteti 1101–1200 77
25 Namangan davlat universiteti 1101–1200 77
26 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1101–1200 77
27 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 1101–1200 77
28 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 1201–1300 82
29 Termiz davlat universiteti 1201–1300 82
30 Buxoro davlat texnika universiteti 1301–1400 85
31 Chirchiq davlat pedagogika universiteti 1301–1400 85
32 Toshkentdagi Kimyo xalqaro universiteti 1301–1400 85
33 Alfraganus universiteti 1401–1500 93
34 Navoiy davlat universiteti 1401–1500 93
35 Toshkent amaliy fanlar universiteti 1401–1500 93
36 Buxoro davlat pedagogika instituti 1501+ 99
37 Shahrisabz davlat pedagogika instituti 1501+ 99
38 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti 1501+ 99

 

Avvalroq, dunyoning 110 mamlakatidan ikki mingdan ortiq oliy ta’lim tashkiloti qatnashgan “UI GreenMetric 2026” reytingida O‘zbekistonning 89 ta OTM joy egalladi. Reytingda mamlakatning TOP-10 oliygohi yuqori natijalarni qayd etgani haqida xabar berilgandi.