Ota-onalar farzandi yashash manzili boʻyicha qaysi maktabga biriktirilganini onlayn bilib olishi mumkin

Ota-onalar farzandi yashash manzili boʻyicha qaysi maktabga biriktirilganini onlayn bilib olishi mumkin

Ota-onalar farzandi yashash manzili bo‘yicha qaysi maktabga biriktirilganini my.maktab.uz platformasi orqali aniqlashi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Buning uchun yashash manzili va ta’lim tilini kiritish talab etiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Endilikda ushbu ma’lumotni aniqlash uchun maktabma-maktab yurish shart emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biriktirilgan maktab haqida ma’lumotni internet orqali olish imkoniyati mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Buning uchun my.maktab.uz rasmiy elektron platformasiga kirib, “Maktabni qidirish” bo‘limini tanlash kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng yashash hududi, tuman yoki shahar, mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami ketma-ket belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Keyingi bosqichda ta’lim tili tanlanib, “Qidirish” tugmasi bosiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada xaritada kiritilgan yashash manziliga biriktirilgan maktab va u haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agar yangi yashash manzilingiz bo‘yicha maktab haqidagi ma’lumot platformada mavjud bo‘lmasa, Ta’lim va ilm-fan vazirligining tegishli tuman (shahar) bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ota-onalar farzandingizni maktabga joylashtirishdan oldin yashash manziliga biriktirilgan ta’lim muassasasini aniqlab olishi tavsiya etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, avvalroq my.gov.uz portali orqali ota-onalar umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olayotgan farzandining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda u ta’lim olayotgan maktab haqidagi ma’lumotlarni masofadan olishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠