Qabul davom etmoqda: OTMga kirolmaganlar texnikumga hujjat topshirishi mumkin

Qabul davom etmoqda: OTMga kirolmaganlar texnikumga hujjat topshirishi mumkin

2026/2027-o‘quv yili uchun yakuniy mandat natijalari 15-avgust kuni e’lon qilingan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Oliy ta’limga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar 25-avgustga qadar kollej va texnikumlardagi kasb va mutaxassisliklarni tanlashi mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, 15-avgust kuni 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar kasbiy ta’lim muassasalaridagi kasb va mutaxassisliklardan birini tanlashi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ular 2026-yil 25-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytida kasbiy ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari ham mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar tanlovda qatnashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Abituriyentlarning kasbiy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani haqidagi yakuniy natijalar tanlov to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant o‘rinlarga da’vogarlik qilishi mumkinligi haqida ham xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠