Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant o‘rinlarga da’vogarlik qilishi mumkin

Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant o‘rinlarga da’vogarlik qilishi mumkin

2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilingach, talabalikka tavsiya etilmagan ayrim abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishi mumkin. Bunda kirish imtihonida minimal ballni to‘plagan abituriyentlar fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bo‘sh yo‘nalishlarni tanlaydi.

 

2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarda davlat OTMlaridagi vakant o‘rinlar uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, kirish imtihonlarida ishtirok etib, minimal ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar bo‘sh qolgan ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘shimcha tanlovda qatnashishi mumkin.

 

Bunda vakant yo‘nalishlarga quyidagi talablar asosida tanlov o‘tkaziladi:

 

— fanlar majmuasi va ta’lim tili abituriyent topshirgan yo‘nalish bilan mos bo‘lishi;

 

— abituriyentlar to‘plagan ballari bo‘yicha reyting ketma-ketligiga qat’iy rioya qilinishi;

 

— bo‘sh o‘rinlarga qabul bazaviy to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilishi.

 

Vakant o‘rinlar uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinganidan keyin bir hafta oʻtib belgilanadi. Tegishli tartib bo‘yicha abituriyentlarga vakant yo‘nalishlarni tanlash uchun muddat beriladi.

 

Shuningdek, o‘tgan yilgi vakant yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tish ballari va boshqa ma’lumotlarni @mandat_javobbot Telegram boti orqali ko‘rish mumkin.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish