Ta’lim va ilm-fan vazirligining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari departamentiga rahbar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari departamentiga rahbar tayinlandi

Murodov Erkin Ergashevich Ta’lim va ilm-fan vazirligining Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ta’lim va ilm-fan vazirining tegishli buyrug‘i bilan Murodov Erkin Ergashevich vazirlikning Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ta’lim va ilm-fan vazirligida yana bir tayinlov amalga oshirilgan edi. Abdusamad Mamanazarov vazirlikning Oliy ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.