Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi. Abdusamad Mamanazarov vazirlikning Oliy ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Abdusamad Abdusaitovich Mamanazarov Ta’lim va ilm-fan vazirligining Oliy ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlov vazirning tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
Mamanazarov yangi lavozimda oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanuvchi departamentga rahbarlik qiladi.
Avvalroq, Doniyor Soliyev Ta’lim va ilm-fan vazirligining axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.
