Ta’lim va ilm-fan vazirligiga matbuot kotibi tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligiga matbuot kotibi tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligida axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Mazkur lavozimni Doniyor Soliyev egalladi.

 

Doniyor Soliyev Ta’lim va ilm-fan vazirligining axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

 

U bunga qadar Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalariga kontent tayyorlash markazida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3-oktyabr kuni Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etilgan. Mazkur vazirlikka Erkinjon Turdimov vazir etib tayinlangan.