Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga vakant lavozimlar uchun tanlov e’lon qilindi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga vakant lavozimlar uchun tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilar tarkibidagi huquqshunoslik, menejment, axborot texnologiyalari va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha vakant lavozimlar uchun tanlov e’lon qildi.

 

Akademiya tarkibiga quyidagi lavozimlar bo‘yicha nomzodlarni ishga qabul qiladi:

 

1. Huquqshunos — 2 shtat birligi:

  • 12.00.02 — “Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”;
  • 12.00.05 — “Mehnat huquqi. Ijtimoiy taʼminot huquqi”;
  • 12.00.12 — “Korrupsiya muammolari”;
  • 12.00.08 — “Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosliklaridan biri boʻyicha huquqshunos mutaxassis.

 

2. Menejment — 2 shtat birligi:

  • 08.00.13 — “Menejment” ixtisosligi boʻyicha menejment va inson resurslarini boshqarish mutaxassisi.

 

3. Axborot texnologiyalari, maʼlumotlar tahlili va sunʼiy intellekt mutaxassisi — 2 shtat birligi:

  • 05.01.02 — “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”;
  • 05.01.11 — “Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” ixtisosliklaridan biri boʻyicha raqamli boshqaruv, sunʼiy intellekt va maʼlumotlarni tahlil qilish mutaxassisi.

 

4. Sotsiolog — 1 shtat birligi:

  • 22.00.01 — “Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi” ixtisosligi boʻyicha sotsiologiya mutaxassisi.

 

5. Psixolog — 1 shtat birligi:

  • 19.00.03 — “Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (ergopsixologiya)”;
  • 19.00.05 — “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosliklaridan biri boʻyicha boshqaruv psixologiyasi mutaxassisi.

 

6. Siyosatshunos — 2 shtat birligi:

  • 23.00.02 — “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar”;
  • 23.00.04 — “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari” ixtisosliklaridan biri boʻyicha mutaxassis.

 

7. Xorijiy til mutaxassisi — 2 shtat birligi.

 

8. Moliyachi — 1 shtat birligi:

  • 08.00.07 — “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha mutaxassis.

 

9. Iqtisodchi — 1 shtat birligi:

  • 08.00.01 — “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi boʻyicha mutaxassis.

 

Nomzodlar hujjatlarini hr@dsba.uz elektron pochta manziliga yuborishi so‘raladi.