Olti kunlik kuzgi ta’tildan so‘ng 10-noyabr kuni mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslar qayta boshlanadi.
10-noyabr, seshanba kunidan O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yilining ikkinchi chorak darslari boshlanadi.
Amaldagi tartibga muvofiq, o‘quvchilar uchun kuzgi ta’til 4-noyabr kuni boshlangan va 9-noyabrga qadar davom etadi. Shu tariqa, bugun ta’tilning so‘nggi kuni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, kuzgi ta’tilning boshlanishi va davomiyligi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.
Dastlab maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga, shuningdek, ko‘p kvartirali turar joy binolariga bosqichma-bosqich issiqlik berish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.
