Bugun pedagoglar attestatsiyasida matematika fani oʻqituvchilari qatnashdi. Sinovlarda bir nechta pedagog yuqori natijalarni qayd etdi.
Xabaringiz bor, 2026-yilgi kuzgi pedagoglar attestatsiyasi 26-oktyabr kunidan boshlandi. Jarayonlar 28-noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Bugun, 9-noyabr kuni matematika fani pedagoglari uchun birinchi kun malaka sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Quyida bugungi sinovlarda yuqori natijalarni qayd etgan pedagoglar ro‘yxati bilan tanishing:
- Farg‘ona viloyati, Rishton tumanidagi 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Sardor Mirzayahyoyev – 96 ball;
- Farg‘ona viloyati, Xiva shahar 17-son maktab oʻqituvchisi Sobirova Nargiza – 96 ball;
- Farg‘ona viloyati, Xiva shahar 9-son maktab oʻqituvchisi Atajanova Rajabbibi – 94 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 33-son maktab oʻqituvchisi Masharipova Nigora – 92 ball;
- Xorazm viloyati, Gurlan tumani 23-son maktab oʻqituvchisi Rahimboyev Bunyod – 92 ball;
- Xorazm viloyati, Gurlan tumani 14-son maktab oʻqituvchisi Xudayberganov Zoxidjon – 92 ball;
- Xorazm viloyati, Gurlan tumani 32-son maktab oʻqituvchisi Ismoilov Alibek – 90 ball;
- Xorazm viloyati, Gurlan tumani 24-son maktab oʻqituvchisi O‘rozmetov Izzat – 90 ball;
- Xorazm viloyati, Gurlan tumani 6-maktab oʻqituvchisi Ibroximov Ilyos – 90 ball;
- Xorazm viloyati, Gurlan tuman IMI Allayarov Sardorbek – 90 ball;
- Farg‘ona viloyati, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Sabirov Ixtiyor – 90 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 33-son maktab oʻqituvchisi Sheripov Muzaffar – 90 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tuman Ixtisoslashtirilgan maktab internati oʻqituvchisi Sherifboyev Alisher – 88 ball;
- Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 32-son maktab oʻqituvchisi Sultonova Barno Xaydarovna – 86 ball;
- Farg‘ona viloyati, Xiva shahar 16-son maktab oʻqituvchisi Atajanova Kumush – 86 ballni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, attestatsiya sinovlariga jalb qilingan pedagoglar shaxsini tasdiqlovchi hujjat — fuqarolik pasporti yoki ID-karta bilan belgilangan vaqtdan 30 daqiqa oldin yetib kelishlari kerak.
Shuningdek, sinovtest.uz saytida pedagoglar uchun fan spetsifikatsiyasi asosida tuzilgan namunaviy testlar jamlangan. Testlar bazasi muntazam ravishda yangi savollar bilan to‘ldirib boriladi.
