Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Bu haqda oliygoh matbuot kotibi ma’lum qildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Shukurillayevich Usmonov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ketdi.
Rektorimiz kecha o‘z xohishi bilan ariza yozib, ishdan ketibdi. Bugun vazir o‘rinbosari kelib, bu haqda jamoamizga ma’lum qildi, — deb yozadi institut matbuot kotibi o‘z Telegram kanalida.
Botir Shukurillayevich Usmonov 2020-yildan buyon Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, Toshkent kimyo-texnologiya instituti 1991-yilda tashkil etilgan. Oliy ta’lim muassasasi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda kimyo, neft-gaz, oziq-ovqat va materiallar texnologiyalari yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi 5 ta oliy ta’lim muassasasi rektori lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Erkinjon Turdimov esa rektorlarni ishdan olingani haqidagi xabarlarni rad etgani haqida xabar bergan edik.
