2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Abituriyentlar o‘z tanlov natijalarini bir necha usulda bilishlari mumkin.
Jumladan, natijalarni Telegram’dagi quyidagi botlar orqali tekshirish mumkin:
Shuningdek, my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritib, natijani aniqlash imkoniyati mavjud.
Bundan tashqari, mandat.uzbmb.uz saytida abituriyentning ID raqamini kiritish orqali ham tanlov natijalarini ko‘rish mumkin.
Test natijalari qaydnomasi orqali ham bilish mumkin. Bunda test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
