“Bilim ham, daromad ham bir paytda bo‘lishi mumkin”: Fotografiya va ta’limni uyg‘unlashtirgan bitiruvchi muddatidan avval talaba bo‘ldi

“Bilim ham, daromad ham bir paytda bo‘lishi mumkin”: Fotografiya va ta’limni uyg‘unlashtirgan bitiruvchi muddatidan avval talaba bo‘ldi

Ba’zi muvaffaqiyatlar bir necha oyda emas, yillar davomida qilingan mehnat evaziga qo‘lga kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi 10-maktab bitiruvchisi Zokirov Behruzbek Zarifjon o‘g‘li ham ana shunday yoshlar safidan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ U bir nechta milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritib, muddatidan avval talaba bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Behruzbek ingliz tilidan CEFR B2, tarix fanidan A, o‘zbek tili va adabiyot fanidan B+, matematika fanidan esa B darajali sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Endilikda u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetida tahsil olishni maqsad qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Yosh bitiruvchining aytishicha, sertifikatlar haqidagi ilk ma’lumotni 9-sinfda eshitgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Aynan o‘sha paytdan boshlab o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, muntazam tayyorgarlikni boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Sertifikatlar haqida 9-sinfda bilganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Shundan keyin o‘zim ustimda ishlashni boshladim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Har bir natija ortida tinimsiz mehnat va sabr borligini aynan shu jarayonda his qildim, — deydi Behruzbek.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Tayyorgarlik davomida barcha fanlardan asosan to‘garaklarda shug‘ullangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ayniqsa, ingliz tili va matematika fanlari unga ko‘proq mehnat talab qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eng katta qiyinchilik ingliz tili va matematika fanlarida bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ammo ustozlarimning yordami va muntazam mashg‘ulotlar natijasida bu fanlardan ham kerakli natijaga erishdim, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Behruzbekning muvaffaqiyati nafaqat ta’lim, balki vaqtni to‘g‘ri boshqarish bilan ham bog‘liq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ U o‘qish bilan bir qatorda suratga olish bilan ham shug‘ullanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Menimcha, vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olgan inson bir vaqtning o‘zida ham o‘qishi, ham ishlashi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Men fotografiya orqali daromad topaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bilim olish va daromad qilishni birgalikda olib borish menga zavq bag‘ishlaydi, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bugungi kunda Behruzbek erishgan natijalar bilan to‘xtab qolishni istamaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Hozirda u xalqaro darajadagi SAT sertifikati natijasini kutmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu esa uning kelgusida yanada katta marralarni ko‘zlayotganidan dalolat beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Behruzbekni o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, 10-sinfda muddatidan oldin talaba bo‘lgan qashqadaryolik o‘quvchi bilan suhbatlashgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠