TDIUda fakultet maqomiga ega Davlat auditi oliy maktabi tashkil etiladi

TDIUda fakultet maqomiga ega Davlat auditi oliy maktabi tashkil etiladi

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat auditi oliy maktabi tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, “Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlash uchun abituriyentlardan matematika va chet tili fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikat talab etiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-maydagi 248-son qarori bilan davlat auditi sohasiga iqtidorli yoshlarni maqsadli yoʻnaltirish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tartibi belgilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qarorga muvofiq, 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida Davlat auditi oliy maktabi tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur oliy maktab huquqiy maqomi boʻyicha oliy taʼlim muassasasining fakultetiga tenglashtiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, “Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul qilish tartibiga ham yangi talab joriy etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlashda, agar abituriyent ular qatoriga “Davlat auditi” yoʻnalishini ham kiritsa, quyidagi sertifikatlardan biriga ega boʻlishi lozim:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– chet tili fanidan — B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– matematika fanidan — B va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur sertifikatlarga ega abituriyentlar chet tili va matematika fanlaridan test sinovini topshirishdan ozod etiladi hamda faqat ona tili va Oʻzbekiston tarixi fanlaridan test ishlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qarorga koʻra, chet tili va matematika fanlaridan tegishli sertifikatga ega boʻlmagan abituriyentlar “Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlash huquqiga ega boʻlmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠