Qoraqalpoq tili fani bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiyada yuqori natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar ro‘yxati

Qoraqalpoq tili fani bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiyada yuqori natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar ro‘yxati

2026-yil 5-6-may kunlari umumta’lim maktablarining qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari uchun malaka sinovlari bo‘lib o‘tdi.

 

Xabaringiz bor, 2026-yil 7-apreldan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari tashkil etildi.

 

5-6-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishdi:

 

Jumladan:

 

— Qorao‘zak tumani Ixtisoslashtirilgan maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Reymova Sarbinaz — 98 ball;

 

—Amudaryo tumani 24-maktab o‘qituvchisi Feruza Kaniyazova qoraqalpoq tili va adabiyoti va qoraqalpoq tili (davlat tili) fanlari — 96 ball va 90 ball;

 

— Nukus shahri 37-sonli maktabning qoraqalpoq tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi Madina Kamalova — 94 ball;

 

Ellikqal’a tumani 6-sonli maktabning qoraqalpoq tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi Dilnoza Bekmamatova — 94 ball;

 

—Qo‘ng‘irot tumani Ixtisoslashtirilgan maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Gulnaz Jollibaeva — 94 ball;

 

— Xo‘jayli tumani 26-sonli maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Navbahar Qarlibaeva — 94 ball;

 

— Nukus tumani 17-sonli maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Biybinaz Qallibekova — 94 ball;

 

— Bo‘zatov tumani Ixtisoslashtirilgan maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Aysanem Nawrizbaeva — 92 ball;

 

— Kegeyli tumani 55-sonli maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Gulmira Kazimbetova — 92 ball;

 

— Taxtako‘pir tumani 3-sonli maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Gulnara Aliyeva — 92 ball;

 

— Nukus shahri 48-sonli maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Mehriban Kaypanova — 90 ball;

 

— Chimboy tumani 37-maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Gulzada Genjieva — 90 ball;

 

— Taxtako‘pir tumani Ixtisoslashtirilgan maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Xurliman Joldasbayeva — 90 ball;

 

— Mo‘ynoq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabning qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi Atabek Qallibekov — 90 ball;

 

— Beruniy tumani 18-sonli maktabning qoraqalpoq tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi Qaldirgash Jumatova — 90 ballni qo‘lga kiritdi.

 

Ma’lumot uchun, malaka toifa sinovlarida test topshiriqlarini bajarish uchun har bir fan o‘qituvchilariga vaqt meʼyorlari belgilangan.

 

Avvalroq, 4-may kuni o‘tkazilgan malaka sinovlarida yuqori natija koʻrsatgan fizika fani oʻqituvchilari ro‘yxati eʼlon qilingandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish