Kuzgi attestatsiyada qatnashish uchun ariza berish 1-oktyabr kuni yakunlanadi

Kuzgi attestatsiyada qatnashish uchun ariza berish 1-oktyabr kuni yakunlanadi

Avgust dekabr oylarida boʻlib oʻtadigan kuzgi attestatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish 1-avgust kuni boshlangan va 30-sentyabrga qadar davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ariza topshirish uchun 3 kun vaqt qoldi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan talablarga koʻra, attestatsiya uchun pedagoglardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida toʻxtatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yaʼni, kuzgi attestatsiya uchun arizalar 1-oktabrgacha qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar oʻqituvchilar arizani soʻnggi muddatlarda topshirsa va xatolikka yoʻl qoʻyadigan boʻlsa, vazirlik tomonidan hujjatlar rad etilgandan keyin, oʻqituvchi uni qayta tahrirlay olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, hujjatlaridagi xatolik tufayli arizasi rad etilgan pedagoglarning attestatsiya uchun amalga oshirgan toʻlovlari ularga qaytarilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma! Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiz miqdorida toʻlov qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠



Attestatsiya uchun arizalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yangilangan interfeysdagi pedagog.uzedu.uz platformasi va my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠