Hukumatning 2026-yil apreldagi tegishli qarori bilan pedagoglar uchun bir qancha davlat xizmatlari narxiga 50 foiz chegirma berilishi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori bilan hukumatning bir qancha qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, pedagoglarga quyidagi davlat xizmatlari uchun toʻlov ham ikki baravar tushirildi:
— ayrim turdagi malaka sertifikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatlari;
– maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim maktablari pedagoglarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari;
– elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va ERI kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari;
– koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari;
– muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari;
– umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish boʻyicha davlat xizmatlari;
– traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish, guvohnomani almashtirish va yoʻqolganining oʻrniga yangisini berish boʻyicha davlat xizmatlari;
– sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari;
– texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda;
– rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari va boshqalar.
Shundan kelib chiqadiki, pedagoglar 2026-yil kuzgi attestatsiyadan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarida emas, uning 50 foiz miqdorida toʻlov qiladi. Yaʼni, hozirda BHM 440 ming soʻm boʻlsa, pedagoglar kuzgi attestatsiya uchun 220 soʻm miqdorida toʻlov qiladi.
