“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasida 5 yoshli tarbiyalanuvchi qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan munosabat bildirdi.

“Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi.


​
Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan, shu bois javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz.

​Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha masʼullar ham jazolanadi», – deydi Mirziyoyeva.

 

Avvalroq, Bosh prokuratura matbuot xizmati ham holat yuzasidan izoh berib, tergovni Bosh prokurorning o’zi nazorat qilayotganini ma’lum qilgan edi.