Bugun, 4-may kuni umumtaʼlim maktablarining fizika fani oʻqituvchilari uchun malaka sinovlari boʻlib oʻtdi. Unda respublika boʻyicha bir nechta oʻqituvchilar yuqori natijalar olgan.
2026-yil 7-apreldan kunidan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari boshlangan.
Mazkur fizika fanidan oʻtkazilgan attestatsiya sinovlarida bir qancha oʻqituvchilar yuqori natijalarni qayd etishdi.
Jumladan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri 23-maktab fizika fani o‘qituvchisi Jahongir Abdullaev — 96 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani 14-maktabi fizika fani o‘qituvchisi Salamat Ametov — 94 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o‘qituvchisi Temirxon Jaqsiliqov — 94 ball;
- Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 13-umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi Farog‘at Botirova — 100 ball;
- Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 26-umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi Dilnavoz Jo‘rayeva — 98 ball
- Buxoro viloyati Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o‘qituvchisi Valisher Axmedov — 94 ball;
- Buxoro viloyati Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktab fizika fani o‘qituvchisi Azamat Tursunov — 92 ball;
- Buxoro viloyati Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Buxoro viloyat filiali fizika fani o‘qituvchisi Mohinur Tohirova – 92 ball;
- Qibray tumanidagi 14-sonli umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi Davronbek Yo‘ldoshev — 96 ball;
- Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o‘qituvchisi Ibrohimjon Niyozov — 96 ball;
- Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 12–umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi Kamola Abdugapparova 96 ball;
- Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o‘qituvchisi Abdumutal Yuldashev 92 ball;
- Namangan viloyati Chust tumanidagi 13-umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi Farhod Nizomiddinov 94 ball;
- Navoiy viloyati Navbahor ixtisoslashtirilgan maktab-internati fizika fani o‘qituvchisi Navro‘zova Sohiba Saidjonovna — 94 ball;
- Navoiy viloyati Tomdi ixtisoslashtirilgan maktab-internati fizika fani o‘qituvchisi Ochilov Maqsud Rustam o‘g‘li — 92 ball;
- Andijon viloyati, Baliqchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o‘qituvchisi Ravshan Adashaliyev — 92 ball;
- Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o’qituvchisi Ziyodbek Bo’ronov — 96 ballni qoʻlga kiritdi.
Ma’lumot uchun: 5-6-may kunlari Qoraqalpoq tili (Davlat tili) hamda Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlarida ishtirok etishadi.
Malaka sinovlari oʻtkaziladigan manzillar – batafsil
