Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bugungi mehnat bozorida yoshlar talabgir mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun faqat nazariy bilim yoki nufuzli oliygoh diplomi yetarli emasligini ta’kidlab, asosiy talablarga to‘xtalib o‘tdi.
“Zo‘r mutaxassis bo‘ldim, zo‘r institutni bitirib keldim, qo‘limda diplom bor degani bu hech qachon kafolat emas. Hamma narsa faqat o‘qish bilan hal bo‘ladi degan tushuncha xato. Auditoriyada o‘qigandan ko‘ra amaliyot ancha muhimroq”, — dedi vazir
Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov yoshlar o‘z ustida ishlashi zarur bo‘lgan muhim omillarni sanab o‘tdi:
1. Maqsadga erishishning ilk sharti — tanlagan sohani yaxshi ko‘rish va faqat shu yo‘nalishda mehnat qilish.
2. Amaliyotga borishni har bir talaba o‘ziga shart deb bilishi lozim.
3. Xalqaro mehnat bozori ochiq, chet elda o‘qish va ishlash imkoniyatlaridan foydalanish uchun, ayniqsa, ingliz tilini puxta egallash shart.
4. Inson jamoaga kirganda birga ishlay olmasa, uning istiqboli bo‘lmaydi. Muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, sabrli bo‘lish va kelajakda qo‘llab-quvvatlaydigan do‘stlar orttirish zarur.
