O‘tgan yilgi qabulda kirish ballari eng baland va eng past yo’nalishlar qaysilar?

O‘tgan yilgi qabulda kirish ballari eng baland va eng past yo’nalishlar qaysilar?

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2025-yilgi qabul uchun oʻtish ballari ochiqlandi. Natijalarga koʻra, TOP yoʻnalishlarda 180+ ball talab etilgan boʻlsa, ayrim yoʻnalishlarga 56,7 ball bilan ham kirish mumkin.

 

Xabar berganimizdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtgan yilgi oʻtish ballari maʼlum qilindi.

 

Unga koʻra, 2025-yil kirish balli eng baland yoʻnalishlar qatorida birinchi oʻrinni 186,8 ball bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetning “Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tili” yoʻnalishi, ikkinchi oʻrinni 185,7 ball bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi egallagan.

 

Shuningdek kirish balli yuqori boʻlgan yoʻnalishlar quyidagicha:

 

  • Toshkent davlat yuridik universiteti
    Davlat va jamiyat boshqaruvi
    Fanlar: Tarix + Chet tili
    Oʻtish balli: 185.60;
  • Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
    Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tili
    Fanlar: Chet tili + Ona tili va adabiyot
    Oʻtish balli: 183.90;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
    Siyosatshunoslik
    Fanlar: Tarix + Chet tili
    Oʻtish balli: 183.50;
  • Toshkent davlat tibbiyot universiteti
    Davolash ishi
    Fanlar: Biologiya + Kimyo
    Oʻtish balli: 183.50;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
    Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tili
    Fanlar: Chet tili + Ona tili va adabiyot
    Oʻtish balli: 182.40;
  • Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
    Xalqaro munosabatlar
    Fanlar: Tarix + Chet tili
    Oʻtish balli: 181.70;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
    Xalqaro munosabatlar
    Fanlar: Tarix + Chet tili
    Oʻtish balli: 181.30;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
    Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
    Fanlar: Matematika + Chet tili
    Oʻtish balli: 181.30

 

Statistika shuni koʻrsatadiki, TOP-10 talikka kirgan yoʻnalishlarda 180+ ballar kuzatilgan.

 

Shuningdek, eng past koʻrsatgichlar quyidagi yoʻnalishlarda qayd etilgan:

 

  • Toshkent davlat transport universiteti
    Yoʻnalish: Energetika muhandisligi
    Taʼlim tili: Ruscha
    Taʼlim shakli: Kunduzgi
    Fanlar: Matematika + Fizika;
  • Yoʻnalish: Barqaror transport
    Taʼlim tili: Oʻzbekcha
    Taʼlim shakli: Kunduzgi
    Fanlar: Matematika + Fizika
  • Yoʻnalish: Elektr muhandisligi
    Taʼlim tili: Ruscha
    Taʼlim shakli: Kunduzgi
    Fanlar: Fizika + Matematika
  • Yoʻnalish: Geodeziya va geoinformatika
    Taʼlim tili: Oʻzbekcha
    Taʼlim shakli: Kechki
    Fanlar: Matematika + Fizika;
  • Yoʻnalish: Ishlab chiqarish muhandisligi
    Taʼlim tili: Oʻzbekcha
    Taʼlim shakli: Kunduzgi
    Fanlar: Matematika + Fizika;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
    Yoʻnalish: Kompyuter injiniringi
    Taʼlim tili: Ruscha
    Taʼlim shakli: Masofaviy
    Fanlar: Matematika + Fizika;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti
    Yoʻnalish: Kimyo
    Taʼlim tili: Oʻzbekcha
    Taʼlim shakli: Kechki
    Fanlar: Kimyo + Matematika;
  • Yoʻnalish: Geodeziya va geoinformatika
    Taʼlim tili: Oʻzbekcha
    Taʼlim shakli: Kunduzgi
    Fanlar: Matematika + Fizika;
  • Yoʻnalish: Seysmologiya va seysmometriya
    Taʼlim tili: Oʻzbekcha
    Taʼlim shakli: Kunduzgi
    Fanlar: Matematika + Geografiya;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    Yoʻnalish: Statistika
    Taʼlim tili: Oʻzbekcha
    Taʼlim shakli: Masofaviy
    Fanlar: Matematika + Chet tili

 

Ushbu yoʻnalishlarda kirish ballari 56.7 ni tashkil etgan.

 

Abituriyentlar qolgan oliy taʼlim muassasalari va ulardagi yoʻnalishlar kesimida oʻtgan yilgi oʻtish ballari bilan @mandat_javobbot orqali tanishib chiqishlari mumkin.

 

Shuningdek, bot orqali abituriyentlar maxsus tayyorlangan diagnostik testlar yoʻlga qoʻyilgan.

 

Avvalroq, birinchi marta oʻqishga topshirmayotgan abituriyentlar joriy yilgi imtihonlar uchun qancha toʻlov qilishi haqida xabar bergan edik.