Milliy sertifikat imtihonlari uchun qo‘shimcha ro‘yxatga olish boshlandi

Milliy sertifikat imtihonlari uchun qo‘shimcha ro‘yxatga olish boshlandi

Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida bo‘shagan o‘rinlar uchun qo‘shimcha ro‘yxatga olish boshlandi. Talabgorlar my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

 

Ona tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizalari bekor qilinib, ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha ro‘yxatga olish boshlandi.

 

Imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kun yakuniga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

 

Talabgorlar hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

 

  • 23-oktabr — geografiya (elektron shaklda);
  • 24-25-26-oktabr — ona tili va adabiyot;
  • 24-oktabr — qoraqalpoq tili va adabiyot;
  • 25-oktabr — rus tili va adabiyot;
  • 31-oktabr — tarix.

 

27-oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihoni Agentlikdagi ish hajmidan kelib chiqqan holda 31-oktabr kuni o‘tkaziladi.

 

Ma’lumot uchun, ushbu fanlardan keyingi milliy sertifikat imtihonlari dekabr oyida o‘tkaziladi va talabgorlar 20-noyabrdan 4-dekabrga qadar ro‘yxatda o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

 

Avvalroq milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish tez yopilishiga agentlikning munosabati e’lon qilingan edi.