Yangi vazirlik nimalarga mas’ul bo‘ladi?

Yangi vazirlik nimalarga mas’ul bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Ta’lim va ilm-fan vazirligi bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash, shuningdek, akkreditatsiya va litsenziyalash masalalari uchun mas’ul bo‘ladi.

 

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan «o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti»ga tayangan holda olib boriladi;

 

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan maxsus ishchi guruh yangi vazirlik tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi va ta’lim islohotlarining umumiy strategiyasini belgilaydi.

 

Oliy ta’limda esa davlat aralashuvini qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlarni oshirish ko‘zda tutilmoqda. Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati esa erkin raqobat va bozor talablari asosida shakllanishi nazarda tutilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etiladi.