BMBA tomonidan o‘tgan yilgi o‘tish ballari ma’lum qilindi

BMBA tomonidan o‘tgan yilgi o‘tish ballari ma’lum qilindi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tgan yilgi o‘tish ballari ma’lum qilindi.

 

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ulardagi yo‘nalishlar kesimida o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan tanishib chiqishlari mumkin.

 

O‘tish ballari har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha alohida belgilangan.

 

Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘tish ballari va diagnostik testlarni bir joyga jamladik. 

 

Endi abituriyentlar @mandat_javobbot orqali 2025-yilgi o‘tish ballari, OTMlar va ulardagi yo‘nalishlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishlari mumkin bo‘ladi.

 

Shuningdek, ushbu bot orqali abituriyentlar uchun maxsus tayyorlangan diagnostik testlarni ham ishlash mumkin.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilgi test sinovlarida 614 768 nafar abituriyent testga kirgan. Bu 2024-yilgiga qaraganda 122 mingga kam.

 

Bunda testda qatnashgan abituriyentlarning 253 844 nafari (41,2%) 56,7 balni (maksimal ballning 30%i) to‘play olmagandi.

 

Qabul jarayonlari boshlanishiga kam vaqt qoldi. Abituriyentlar imtihongacha nimalarni bilishi kerak, degan savolga quyida javob topishingiz mumkin.