Sog‘liqni saqlash vazirligi talabalar uchun stipendiya tanlovini e’lon qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi talabalar uchun stipendiya tanlovini e’lon qildi

“Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi – 2026/2027” tanlovida tibbiyot OTMlarining kunduzgi bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Arizalar 26-oktyabrgacha elektron shaklda qabul qilinadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi – 2026/2027” tanlovi e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlovda talabalarni saralash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastlab talabgorlarning arizalari va taqdim etgan hujjatlari tekshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng nomzodlarning portfeli belgilangan mezonlar asosida ekspertlar tomonidan baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Keyingi bosqichda nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning loyihalari yoki amaliy tashabbuslari taqdimoti ko‘rib chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Oliy ta’lim muassasalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar yakuniy saralashdan o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlanadi va tasdiqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— CV (rezyume);
— transkript yoki akademik ma’lumotnoma;
— ilmiy, innovatsion, klinik va jamoatchilik faoliyatini tasdiqlovchi portfel;
— tavsiyanoma;
— akademik qarzdorlik va intizomiy jazo mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
— xorijiy til sertifikati va loyiha konsepsiyasi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Arizalar 2026-yil 26-oktyabrgacha qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tanlov to‘liq elektron shaklda o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Talabalar maxsus platformada ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarini onlayn yuklashi va arizalarining har bir bosqichdagi holatini shaxsiy kabineti orqali kuzatib borishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlov shartlari bilan ssvstipendiya.uz sayti orqali tanishish va ariza topshirish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, stipendiya miqdori bakalavriat talabalari uchun har oy amaldagi BHMning 3 baravari, magistratura talabalari uchun esa 4 baravari etib belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Stipendiya, qoida tariqasida, har oyning 10-sanasiga qadar stipendiatning bank plastik kartasiga o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠