Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lovni amalga oshirish muddati ertaga yakunlanadi

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lovni amalga oshirish muddati ertaga yakunlanadi

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirishning ertaga, 5-oktyabr kuni oxirgi kuni.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ariza yuborgan pedagoglar to‘lovni ertaga kun yakuniga qadar amalga oshirishi mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida navbatdan tashqari tartibda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglarga qo‘shimcha imkoniyat yaratilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktyabr soat 23:59 ga qadar uzaytirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu muddat ertaga yakunlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur imkoniyat faqat navbatdan tashqari, ya’ni o‘z ixtiyori bilan attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglarga taalluqli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi etib belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, dekret ta’tilidan qaytib, sentyabr oyidan ish faoliyatini boshlaydigan pedagoglar kuzgi mavsumda navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun o‘z xohishiga ko‘ra ariza topshirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠