Dekret ta’tilidan qaytib, sentabr oyidan ish faoliyatini boshlaydigan pedagoglar kuzgi mavsumda navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun o‘z xohishiga ko‘ra ariza topshirishi mumkin. Bunda attestatsiyada yetarli ball to‘play olmagan taqdirda ham pedagogning amaldagi malaka toifasi pasaytirilmaydi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, pedagoglar malaka toifasini oshirish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyada o‘z xohishiga ko‘ra ishtirok etish huquqiga ega.
Bunda pedagog attestatsiyada yetarli ball to‘play olmasa ham, uning amaldagi malaka toifasi saqlanib qoladi.
Shuningdek hukumatning tegishli qaroriga koʻra, dekret taʼtilidan qaytgan pedagoglar uchun majburiy attestatsiyaga jalb etilishining quyidagi tartib belgilangan:
— homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
— homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
— pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar.
Shu sababli dekret ta’tilidan qaytib, sentabr oyidan ish faoliyatini boshlaydigan pedagoglar kuzgi mavsumdagi navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun o‘z xohishiga ko‘ra hujjat topshirishi mumkin.
Avvalroq, 2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka sinovlari spetsifikatsiyasi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
