Yo‘riqnoma: Attestatsiya testini qanday topshirish kerak?

Yo‘riqnoma: Attestatsiya testini qanday topshirish kerak?

Pedagog kadrlar attestatsiya testida qatnashish, savollarga javob berish, e’tiroz yuborish va natijalarni ko‘rish tartibi bilan tanishishi mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan taqdim etilgan yo‘riqnomada pedagog kadrlarning malaka toifasi bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan yangilangan platformadan foydalanish tartibi ko‘rsatildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 26-oktyabrdan O‘zbekiston bo‘ylab pedagog kadrlar malaka toifasi uchun attestatsiya sinovlariga start beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Videoda talabgorning testga kirishi, savollarni ishlashi, javob berilmagan savollarga qaytishi, savol yuzasidan e’tiroz bildirishi va sinov yakunlangach natijalarni ko‘rishi bosqichma-bosqich tushuntirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Test sinovini qanday boshlash kerak?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastlab talabgor test platformasiga kirib, shaxsiy ma’lumotlari bilan tanishishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Video yo‘riqnomada testni boshlashdan oldin maxfiy kod kiritilishi ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shundan so‘ng test oynasi ochiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda talabgorning ma’lumotlari, savollar raqamlari va test topshiriqlari joylashgan bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Savollarga javob berish tartibi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Test oynasida savollar raqamlar orqali beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Talabgor ularni ketma-ket ishlashi yoki zarur bo‘lsa, oldingi savollarga qaytishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agar biror savolga javob topa olmasa, uni keyinroq ishlash uchun qoldirib, boshqa savolga o‘tishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Buning uchun platformadagi savollar raqamlaridan foydalaniladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Test oynasida kalkulyator va qo‘llanma tugmalari ham mavjudligi ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ulardan foydalanish imkoniyati test topshirig‘i va platformadagi belgilangan tartibga bog‘liq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Savolda xato aniqlansa, qanday e’tiroz bildiriladi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yo‘riqnomada talabgorlar uchun savol yuzasidan e’tiroz yuborish imkoniyati ham ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

E’tiroz bildirish oynasida savolning ID raqami va e’tiroz sababi tanlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan, quyidagi holatlar bo‘yicha murojaat qilish mumkin:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • savol matnida xatolik mavjud bo‘lsa;
  • savolda bir nechta to‘g‘ri javob bo‘lsa;
  • javob variantlarida xatolik aniqlansa;
  • to‘g‘ri javob variantlar orasida bo‘lmasa.

Talabgor e’tiroz sababini tanlab, murojaatini yuborishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda e’tiroz aniq savolga tegishli bo‘lishi va uning sababi tushunarli ko‘rsatilishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Barcha savollar bilan ishlash tugagach, platformadagi “Yakunlash” tugmasi orqali sinovni tugatish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Video yo‘riqnomada testni yakunlashdan oldin tasdiqlash oynasi chiqishi ham ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu sababli sinovni tugatishdan oldin javob berilmagan savollarni qayta tekshirib chiqish maqsadga muvofiq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Attestatsiya natijalarini qayerdan ko‘rish mumkin?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Test sinovi yakunlangach, talabgorlar o‘z natijalarini mobil telefon orqali pedagog.uzedu.uz sayti yordamida ko‘rishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Platformadagi natijalar bo‘limida umumiy ball, to‘g‘ri ishlangan savollar va qo‘shimcha tayyorgarlik tavsiya etiladigan mavzular ko‘rsatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, talabgorning qaysi mavzularni yaxshi o‘zlashtirgani va qaysi yo‘nalishlarda yana tayyorlanishi kerakligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar namoyish etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Milliy sertifikat imtihonlaridagi oʻzgarishlar yuzasidan Bilimni baholash agentligiga senator soʻrovi yuborilgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠