Prezident qashqadaryolik yoshlarning ta’limdagi yuqori natijalarini e’tirof etdi

Prezident qashqadaryolik yoshlarning ta’limdagi yuqori natijalarini e’tirof etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, aniq fanlarni xorijiy tillarda o‘qitish va robototexnikani rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi. Kelasi yildan har bir tumandagi bittadan maktabda aniq fanlar chet tilida o‘qitiladi.

 

Xabar berganimizdek, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

 

Yig‘ilishda Qashqadaryolik yoshlarning taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani alohida e’tirof etildi.

 

Xususan, Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida 98 foiz natija bilan respublikada birinchi bo‘ldi. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari “Zakovat” turnirida g‘olib chiqdi.

 

Kosonlik 11-sinf o‘quvchisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni qo‘lga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoshlar ko‘pligini, ularga aniq fanlarni xorijiy tillarda o‘rgatish imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda bo‘lishini taʼkidladi. Kelasi yildan barcha tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni chet tilida o‘qitish boshlanadi.

 

Shu bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Yil yakunigacha har bir tumanda robototexnika to‘garagi ochilib, jihozlanadi. Har yili mart oyida o‘quvchilar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkaziladi. Birinchi o‘rin egasiga 30 million, ikkinchi o‘ringa 20 million, uchinchi o‘ringa 10 million so‘m mukofot beriladi.

 

Avvalroq qashqadaryolik 4-sinf oʻquvchisi ingliz tilidan B2 natijani qoʻlga kiritgani haqida qashqadaryolik bitiruvchi 10 ga yaqin oliygohlardan qabul xati olgani haqida xabarlar e’lon qilingan edi.