2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka sinovlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka sinovlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

2026-yil avgust–dekabr oylarida umumta’lim hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun sinov materiallari ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Pedagoglar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malaka sinovlari topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan tanishishlari mumkin.

 

Xabaringiz bor, 2026-yil 1-avgustdan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayoni boshlangan. Pedagoglar mazkur attestatsiyada ishtirok etish uchun 2026-yil 1-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

 

Pedagoglar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malaka sinovlarida foydalaniladigan topshiriqlar spetsifikatsiyasi bilan quyidagi havolalar orqali tanishishlari mumkin:

 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq navbatdan tashqari attestatsiya va kasbiy sertifikat sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov miqdori 50 foizga kamaytirilgani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish