Farzandingiz uchun bog‘cha tanlashda eng muhim savol: qaysi turdagi MTT mos keladi?

Farzandingiz uchun bog‘cha tanlashda eng muhim savol: qaysi turdagi MTT mos keladi?

Qonunchilikka ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bir nechta turda faoliyat yuritadi:

 

Umumiy turdagi MTT

 

– Barcha bolalar uchun mo‘ljallangan an’anaviy davlat bog‘chalari.

 

Ixtisoslashtirilgan MTT

 

– Til, san’at, sport yoki boshqa yo‘nalishlar chuqurroq o‘rgatiladi.

 

Inklyuziv guruhlarga ega MTT

 

– Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun moslashtirilgan muhit.

 

Qo‘shma turdagi MTT

 

– Bir nechta ta’lim yo‘nalishlari bir tashkilot doirasida olib boriladi.

 

Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosidagi MTT

 

– Davlat va tadbirkor hamkorligida tashkil etiladi. Qamrovni kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Ilk rivojlanish markazlari — 2025-yildan joriy etilgan yangi shakl:

 

– Davlat binolaridagi bo‘sh xonalarda faoliyat yuritadi;

 

– Davlat tomonidan moliyalashtiriladi;

 

–  “O‘yin guruhi” va maxsus ta’lim modellari asosida ishlaydi.

 

Asosiy yo‘nalish: Bog‘chaga bormayotgan bolalar, alohida ehtiyojli bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qamrab olish.

 

Yana qanday imkoniyatlar bor?

 

– Qisqa muddatli guruhlar;

 

– 1 yillik majburiy bepul tayyorlov guruhlari;

 

– Maktabgacha ta’lim mobil guruhlari.