Maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari o‘tkazilish sanalari belgilandi

Maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari o‘tkazilish sanalari belgilandi

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 16-17-yanvar kunlari “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta taʻlim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

 

Hurmatli talabgorlar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali shaxsiy kabinetingizdan test sinovlarining kuni va vaqti bilan tanishishingiz mumkin.

 

Test sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyidagicha:

 

T/r Hudud nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan joylar nomi Test sinovlari o‘tkaziladigan manzil Test sinovlari o‘tkaziladigan kunlar
1. Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Nukus shahri, Y.Alako‘z ko‘chasi, 54-uy

(mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida)

16-yanvar
2. Andijon viloyati Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi, 8-uy

(mo‘ljal: sobiq Leninskiy ko‘cha)

16-17-yanvar
3. Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 44-umumiy oʻrta ta’lim maktabi Buxoro shahar Bogʻishamol koʻchasi, 5-uy

(moʻljal:  Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi)

16-yanvar
4. Jizzax viloyati Jizzax shahar 4-sonli umumta’lim maktabi Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, To‘qimachilar ko‘chasi, 45-uy

(mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi)

16-17-yanvar
5. Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Qarshi shahar, Olimlar ko‘chasi, 2-uy

(mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti)

16-17-yanvar
6. Navoiy viloyati Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi Navoiy shahri, Aloqa ko‘chasi, 6-uy

(mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida)

16-yanvar
7. Namangan viloyati Namangan shahar 15-sonli umumta’lim maktabi Namangan shahri, “Gʻishko‘prik” MFY, Uychi ko‘chasi, 329-uy

(mo‘ljal; Chorsu bozori)

16-17-yanvar
8. Samarqand viloyati Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Samarqand shahar, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy (mo‘ljal: viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi binosi) 16-yanvar
9. Sirdaryo viloyati Guliston shahar viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi Guliston shahri, “Shodlik” MFY,

Navoiy shoh ko‘chasi, 55-uy

(mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i)

16-yanvar
10. Surxondaryo viloyati Termiz shahar 26-sonli umumta’lim maktabi Termiz shahri “Kattabog‘” MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh

(mo‘ljal: “Yashil dunyo” bozori)

16-yanvar
11. Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar 28-sonli umumta’lim maktabi Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy

(mo‘ljal: “Chery” avtosaloni)

16-17-yanvar
12. Xorazm viloyati Urganch shahar 17-sonli umumta’lim maktabi Urganch shahar “4-Yuqori bog‘” mahallasi, Maxtumquli ko‘chasi, 229 -a-uy

(mo‘ljal: Omad to‘yxonasi (omad bowling)

16-yanvar
13. Toshkent shahar Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar, Olmazor tumani,

Beruniy ko‘chasi, 83-uy

(mo‘ljal: Metroning “Tinchlik” bekati,

IMZO-firmasining eski binosi)

16-yanvar
14. Toshkent viloyati Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar, Olmazor tumani,

Beruniy ko‘chasi, 83-uy

(mo‘ljal: Metroning “Tinchlik” bekati,

IMZO-firmasining eski binosi)

17-yanvar

 

Avvalroq, qaysi fan o‘qituvchilari maktab maslahatchisi lavozimiga davogarlik qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.