O‘zbekistonda xorijiy OTMlar soni so‘nggi 10 yilda 4,3 barobarga oshdi

O‘zbekistonda xorijiy OTMlar soni so‘nggi 10 yilda 4,3 barobarga oshdi

2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 30 tani tashkil etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan 4,3 barobarga ko‘p.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi 10 yilda sezilarli darajada oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususan, 2005/2006-o‘quv yilida mamlakatda 2 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2010/2011-o‘quv yilida ularning soni 6 taga yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

2015/2016-o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 7 tani tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Keyingi yillarda ham ushbu ko‘rsatkich o‘sishda davom etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 2020/2021-o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni 18 taga, 2025/2026-o‘quv yilida esa 30 taga yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shunday qilib, 2025/2026-o‘quv yili boshidagi ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan 4,3 barobarga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

  • 2005/2006-o‘quv yili — 2 ta;
  • 2010/2011-o‘quv yili — 6 ta;
  • 2015/2016-o‘quv yili — 7 ta;
  • 2020/2021-o‘quv yili — 18 ta;
  • 2025/2026-o‘quv yili — 30 ta.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, 35 yil ichida Oʻzbekistonda maktablar soni 1,3 barobarga koʻpaygani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠