Oʻqishni koʻchirish boʻyicha natijasidan norozi boʻlgan talabgorlar apellyatsiya berishlari mumkin

Oʻqishni koʻchirish boʻyicha natijasidan norozi boʻlgan talabgorlar apellyatsiya berishlari mumkin

O‘qishni xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlaridagi natijasidan norozi bo’lgan talabgorlar uchun apellyatsiya arizalarini berish boshlandi.

 

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellyatsiya arizalari qabul qilinmoqda.

 

Apellyatsiya arizalari 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

 

Talabgor apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlashtirilmagan bo‘lishi lozim.

 

Apellyatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

 

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish