Maktab bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi: qaysi hudud yetakchi?

Maktab bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi: qaysi hudud yetakchi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2026-yilgi oliy ta’limga kirish natijalari bo‘yicha maktab bitiruvchilarining ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, bitiruvchilarning test sinovlaridagi o‘rtacha bali 2025-yildagi 80,9 balldan 92,5 ballga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy viloyatida qayd etilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridagi sifat ko‘rsatkichlari so‘nggi yillarda sezilarli yaxshilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Jumladan, bitiruvchilarning o‘rtacha bali 2022-yilda 76,3 ball, 2023-yilda 77,1 ball, 2024-yilda 78 ball, 2025-yilda 80,9 ballni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ 2026-yilda esa bu ko‘rsatkich 92,5 ballga yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ya’ni bir yil ichida o‘rtacha natija 11,6 ballga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ball Navoiy viloyatida — 112,8 ball qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati — 110,8 ball, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 94,8 ball, Farg‘ona viloyati — 94,7 ball va Toshkent shahri — 94 ballni qayd etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan maktab bitiruvchilari ulushi ham oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ So‘nggi uch yilda ushbu ko‘rsatkich 3,5 foizga ko‘payib, 2026-yilda 27,4 foizni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ 2025-yilda bu ko‘rsatkich 25,8 foiz bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Oliy ta’limga kirish bo‘yicha eng yuqori natijalar Navoiy, Buxoro va Jizzax viloyatlarida qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Mazkur hududlarda maktab bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichi mos ravishda 52,5 foiz, 37,9 foiz va 35,9 foizni tashkil qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Joriy yilda jami 454 833 nafar bitiruvchi maktabni tamomlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ularning 333 463 nafari, ya’ni 73 foizi oliy ta’limga kirish test sinovlarida ishtirok etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, joriy yilda 34 681 nafar maktab bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4 800 nafarga ko‘p.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ 2025-yilda davlat granti asosida 29 881 nafar maktab bitiruvchisi talabalikka tavsiya etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Test sinovlarida eng yuqori — 189 ball olgan maktab bitiruvchilari soni ham keskin oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ 2026-yilda 4 825 nafar bitiruvchi maksimal ball to‘plagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu 2025-yildagi 619 nafar ko‘rsatkichdan qariyb 8 barobar ko‘p.2024-yilda esa 189 ball olgan bitiruvchilar soni 101 nafarni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, 56,7 balldan past natija qayd etgan bitiruvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 13 ming nafarga, ya’ni 5 foizga kamaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mazkur ko‘rsatkichlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026-yilgi oliy ta’limga kirish test sinovlari natijalari asosida taqdim etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Maktab bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi: qaysi hudud yetakchi?
Infografika: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi