Ayrim toifadagi o‘quvchilarga darslik kitoblar bepul beriladi

Ayrim toifadagi o‘quvchilarga darslik kitoblar bepul beriladi

Qonunchilikda ayrim toifadagi maktab o’quvchilari darsliklar bilan bepul ta’minlanishi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ular qatoriga 1-sinf o‘quvchilari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va ijtimoiy yordamga muhtoj oila farzanlari kabilar kiritigan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hukumatning tegishli qarorida belgilangan nizomga ko’ra, ayrim toifadagi oʻquvchilar umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasi tomonidan darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bular:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– 1-sinf oʻquvchilari;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari boʻlgan oʻquvchilar;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalar farzandlari.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bunda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi oʻquvchilar roʻyxati 1-sentyabrgacha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari iltimosnomasi va ota-onalar qoʻmitasining xulosasiga asosan umumtaʼlim maktabi pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni mavjud boʻlgan oʻquvchilarni darsliklar bilan taʼminlash foydalanishga yaroqli boʻlgan mavjud darsliklarni hisobga olgan holda umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasini yangilash va toʻldirish orqali amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Oʻquvchini boshqa umumtaʼlim maktabiga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan taqdirda, unga bepul foydalanish uchun berilgan darsliklar uch kun ichida umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasiga qaytarilishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bunda umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati tomonidan oʻquvchi joriy oʻquv yilida darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanishi lozimligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Oʻquvchi uni qabul qilgan umumtaʼlim maktabi tomonidan mazkur maʼlumotnoma asosida darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, ushbu nizomga ko’ra, umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari dars mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan darsliklar va OʻMQlar bilan umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasining zaxirasi hisobidan bepul taʼminlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Oʻquvchi va oʻqituvchilarga bepul foydalanish uchun berilgan darsliklar va OʻMQlar oʻquv yili yakunida toʻliq hajmda umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasiga qaytariladi, birinchi sinf oʻquvchilariga berilgan ish daftarlari bundan mustasno.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Eslatib o’tamiz, maktablarda yangi o’quv yili 2-sentabrdan boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠