2026/2027-o‘quv yilida respublikadagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari 2-sentabrdan boshlanadi. Bu ma’lumotni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Talimxabarlari.uzga tasdiqladi.
Shunday qilib, yangi o‘quv yilida maktablarda darslar 2-sentabrdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yilidagi darslar 2-sentabrdan boshlanishi ma’lum qilingan edi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa o‘quv jarayonlari bosqichga qarab turli sanalarda tashkil etiladi. Unga ko‘ra, 1-bosqich talabalari uchun darslar 7-sentabrdan, 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun esa 14-sentabrdan boshlanadi.
