OTM, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

OTM, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan, oliy ta’lim tashkilotlarida esa bosqichga qarab turli sanalarda boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yilidagi darslar 2-sentyabrdan boshlanadi.

 

Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlari esa quyidagi sanalarda tashkil etiladi:

 

  • 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
  • 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan.

 

Shu tariqa, yangi o‘quv yilida akademik litsey va texnikum o‘quvchilari oliy ta’limning yuqori bosqich talabalari bilan solishtirganda o‘qishni ertaroq boshlaydi.

 

Avvalroq, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun talabalar yotoqxonasiga ariza berish boshlangani haqida xabar bergan edik.