1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun talabalar yotoqxonasiga ariza berish boshlandi

1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun talabalar yotoqxonasiga ariza berish boshlandi

2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar talabalar turar joyiga joylashish uchun 18-avgustdan boshlab ariza topshirishlari mumkin. Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi.

 

Unga ko‘ra, 18-avgustdan boshlab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.

 

Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib hamda mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

 

Amaldagi reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng qolgan o‘rinlar umumiy ro‘yxatdagi talabalar o‘rtasida navbat asosida taqsimlanadi.

 

Shuningdek, 1-bosqich talabalari uchun talabalar turar joylaridagi mavjud o‘rinlarning 55–65 foizigacha joy ajratilishi belgilangan.

 

Avvalroq, bir necha toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinishi haqida ma’lumot berilgandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish