Kuniga atigi 30 daqiqa ajratib, ingliz tilini o‘rganing — ChatGPT sizga repetitor o‘rnini bosadi va har qanday ilovadan tezroq rivojlantirishi ham mumkin.
Prompt — bu sun’iy intellektga beriladigan buyruq, topshiriq yoki ko‘rsatma.
Mana neyrotarmoqni to‘liq o‘qituvchiga aylantiradigan 6 ta prompt:
1. Siz bilan birga o‘sadigan shaxsiy dastur yaratish.
Sen — mening shaxsiy ingliz tili o‘qituvchimsan. Men tilni biznes muloqoti uchun o‘rganmoqdaman, darajam boshlang‘ich. Menga bir oyga individual dastur tuz: har kuni bitta mavzu, 30 daqiqa mashg‘ulot. Asosiy e’tibor — grammatikaga emas, suhbat amaliyotiga qaratilsin. Murakkablikni mening javoblarimga moslab bor. Har bir darsni kechagi mavzuni tekshirishdan boshla.
2. Haqiqiy vaziyatlarni simulyatsiya qilish.
Kel, dialog o‘ynaymiz: men — amerika kafesida mijozman, kofe buyurtma qilmoqchiman va Wi-Fi haqida so‘ramoqchiman. Sen — barista. Tabiiy gapir, slang va qisqartmalar ishlat. Har bir javobimdan keyin uni qanday yaxshiroq aytish mumkinligini 2–3 ta variant bilan taklif et va rasmiy hamda norasmiy uslublar orasidagi farqni tushuntir.
Izoh: Simulyatsiya qilish – bu vaziyatni jonli holatda tasavvur qilib, unga taqlid qilib mashq qilish.
3. Qiziqishlaringiz orqali o‘qitish.
Men startaplar va texnologiyalarga qiziqaman. Shu mavzuda men bilan ingliz tilida suhbatlash. IT va biznes sohalaridagi yangi so‘z va iboralarni tushuntirib bor. Menga muvaffaqiyatli kompaniyalar haqidagi matnlar, asoschilar bilan intervyular ber. Har bir matndan so‘ng — o‘z so‘zlarim bilan muhokama, xatolarimni tuzat va sinonimlar taklif et.
4. Zudlik bilan teskari aloqa.
Xatolarimni real vaqt rejimida tuzat, lekin muloyim bo‘l. Dialogni to‘xtatma, har bir xabarning oxirida: “Yaxshisi shunday aytiladi: [to‘g‘rilangan variant]” deb yoz. Nega shunday bo‘lishi to‘g‘ri ekanini tushuntir. Tez-tez takrorlaydigan xatolarimni kuzatib bor va ularni eslatib tur.
5. Lug‘at boyligini oshirish.
Har bir suhbatdan so‘ng men ishlatgan yoki ishlatishim kerak bo‘lgan 5–7 ta yangi so‘z va iboralar ro‘yxatini tuz. Har bir so‘z uchun: tarjima, transkripsiya, 2 ta misol, va bir yodda saqlash usuli ber. Ertasi kuni shu so‘zlarni eslay olganimni tekshir.
6. Haqiqiy vazifalarga tayyorlash.
Bir haftadan keyin amerikalik hamkorlar bilan muhim muzokaram bor (mavzuni kiriting). Meni tayyorla: asosiy leksikani ko‘rib chiqamiz, mumkin bo‘lgan savol-javoblarni mashq qilamiz, qiyin jihatlarni to‘g‘rilaymiz. Albatta kerak bo‘ladigan iboralar uchun chek-list tuz.
Kuniga atigi 30 daqiqa — va 3 oy ichida siz ilovalardan bir yil foydalanishga nisbatan ancha tez gapira boshlaysiz.
