Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)

Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)

Fransiya poytaxti Parijda o‘quvchilarning norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan talabalar Luvr muzeyiga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ydi. Natijada muzey 19-oktyabr kuni tashrif buyuruvchilar uchun odatdagi vaqtda ochilmadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Sentyabr oyidan beri davom etayotgan namoyishlar sabab Fransiya bo‘ylab 400 dan ortiq maktablar yopildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ushbu noroziliklarning asosiy sababi ta’lim doirasidagi kamchiliklar hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, Fransiyada namoyishchilar Luvr va Eyfel minorasini vayron qilish bilan tahdid qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bugun esa namoyishchilar Luvr muzeyi oldida kirish joyini bloklab qoְ‘ydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Fransiya OAVlari xabariga ko‘ra, joriy yil 19-oktyabr kuni o‘quvchilar maktablarda davom etayotgan norozilik namoyishlarini qo’llab-quvvatlash va politsiya o‘tkazayotgan bosimini qoralash uchun Parijdagi Luvr muzeyiga kirishni to‘sib qo‘yishgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Le Parisien nashrining muzey ma’muriyati va kasaba uyushmalari ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, namoyish sababli muzey odatdagi ochilish vaqti — soat 9:00 da tashrif buyuruvchilar uchun ochilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Aksiyani Luvr maktabi (Ecole du Louvre) talabalari boshqargan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ CFDT kasaba uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya Milliy tasviriy san’at maktabi talabalari ham namoyishda qatnashgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Luvr muzeyi hududida joylashgan Ecole du Louvre oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, unda san’at tarixi, arxeologiya, antropologiya va muzeyshunoslik kabi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Muzeyning mazkur holat bo‘yicha munosabati

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Muzey ma’muriyati norozilik namoyishi Luvrning o‘ziga bevosita aloqador emasligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Uning ta’kidlashicha, namoyishchilar muzeydan o‘z noroziliklarini keng jamoatchilikka yetkazish vositasi sifatida foydalanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ushbu harakatni qo‘llab-quvvatlagan, biroq unda bevosita ishtirok etmagan CGT kasaba uyushmasi muzey kamida tushgacha yopiq qolishini ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Namoyishchilar o‘z harakatlarini munosib sharoitlarda o‘qish, ishlash va erkin yashash huquqi uchun olib borilayotgan kengroq kurashning bir qismi sifatida izohlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mazkur namoyishlar Fransiyaning bir necha shahrida tartibsizliklar bilan kechgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Tartibsizliklar Italiyaga ham yetib kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Kuni kecha Bordo shahrida Guerlain, Hermès, Louis Vuitton, Sephora, Apple Store va video-o‘yinlar do‘konlari butunlay talontaroj qilindi, Marselda esa Rolex do‘koni tunab ketilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Limojsdagi tarixiy shahar hokimiyati binosi yo‘q qilingan, namoyishchilar poytaxtning asosiy diqqatga sazovor joylariga yetib borish bilan tahdid qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ko‘chalarda politsiya bilan qattiq to‘qnashuvlar, pogromlar va yong‘inlar davom etmoqda, Yelisey maydonida barrikadalar qurilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ekspertlarning baholashicha, Fransiyada ko‘chalarga 800 mingdan ortiq odam chiqqan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Milliarder Bill Akman yuz berayotgan voqealarni “sivilizatsiyaning oxiri” deb atagan, mahalliy aholi esa buni chinakam inqilob deb baholagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 2-oktyabr kuni o‘quvchilar tartibsizligi sabab hukumat yig‘ilish o‘tkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Fransiya Bosh vaziri mamlakat bo‘ylab yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokidagi tartibsizliklar sabab yig‘ilish chaqirgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠