2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi 39,5 million kishidan oshdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi soni 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi.
2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan. Hisob-kitoblarda aholini ro‘yxatga olish natijalari ham inobatga olingan.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni:
- Samarqand viloyati — 4 462 783 kishi;
- Farg‘ona viloyati — 4 293 001 kishi;
- Toshkent viloyati — 3 799 043 kishi;
- Qashqadaryo viloyati — 3 746 228 kishi;
- Andijon viloyati — 3 574 464 kishi;
- Toshkent shahri — 3 278 512 kishi;
- Namangan viloyati — 3 190 767 kishi;
- Surxondaryo viloyati — 3 030 030 kishi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 166 044 kishi;
- Xorazm viloyati — 2 162 068 kishi;
- Buxoro viloyati — 2 125 129 kishi;
- Jizzax viloyati — 1 545 176 kishi;
- Navoiy viloyati — 1 196 559 kishi;
- Sirdaryo viloyati — 965 421 kishi.
Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, aholi soni eng ko‘p hudud Samarqand viloyati bo‘lib, undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona va Toshkent viloyatlari turibdi. Eng kam aholi Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda talabalar soni 2 millionga yaqinlashdi. Ularning 55 foizdan ko‘prog‘ini ayollar tashkil etadi.
