Huquq fanidan davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi

Huquq fanidan davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi

Xabar berganimizdek, 2025-yil 26-noyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–232-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga koʻra, 2026/2027-oʻquv yilidan:

 

– Universitetga universitet huzuridagi akademik litsey, yuridik texnikum bitiruvchilari hamda oliy maʼlumotga ega shaxslar uchun ular tanloviga koʻra kirish mumkin boʻlgan bakalavr yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashning maxsus 3 yillik taʼlim dasturi joriy etiladi;

 

– Qashqadaryo yuridik texnikumi negizida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey tashkil etiladi.

 

2026/2027-oʻquv yilidan:

 

– “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” taʼlim yoʻnalishida bakalavr darajasiga ega shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan oʻtmasdan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida davlat va huquq asoslari fani boʻyicha dars berishga ruxsat etiladi;

 

– huquq fanidan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovi tashkil etilib, uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi.

 

2026-yil 1-martdan universitetda “Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishidan boshqa turdosh taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilari uchun 2 yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi.