Qo‘qonlik talaba qiz stressga qarshi sprey loyihasini yaratdi.
“Barcha spreylar faqatgina havo iforini xushbo‘y qilishga qaratilgan bo‘lsa, aynan mening loyihamda hozir barchada keng tarqalgan, lekin hamma yengil qarayotgan muammo – stressni kamaytirishga qaratilgan” – deydi talaba.
Talabaning so‘zlariga ko‘ra, uni ishlab chiqishda tabiiy lavanda moyi iforidan foydalanilgan. Keyinchalik mango-marakuya moyidan ham tayyorlash rejalashtirilgan. Sprey havoga sepiladi, inson organizmi uchun zararsiz. Uni havoni namlantiruvchi elektron qurilmalarda ham qo‘llash mumkin.
Hozirda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida.
