ChatGPT yordamida o‘g‘lini o‘ldirishni rejalashtirgan erkak qo‘lga olindi

ChatGPT yordamida o‘g‘lini o‘ldirishni rejalashtirgan erkak qo‘lga olindi

Braziliyaning Espirito-Santu shtatida 36 yoshli erkak o‘zining 8 yoshli o‘g‘lini o‘ldirishni rejalashtirgani uchun qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u jinoyat rejasini ishlab chiqishda ChatGPT’dan foydalangan.

 

Hodisa San-Gabriel-da-Palya shahrida sodir bo‘lgan. Erkak aliment to‘lashdan qochish maqsadida o‘g‘lini o‘ldirishni rejalashtirgani aytilmoqda.

 

Tergovchilar ma’lumotiga ko‘ra, gumondor ChatGPT bilan bir necha bor jinoyat rejasiga oid suhbatlar olib borgan. U qurol, zahar va boshqa usullar, shuningdek, qotillikni boshqa shaxs orqali amalga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot izlagan.

 

Uning rejalari haqida ChatGPT AQSh Federal qidiruv byurosiga (FBI) xabar bergan. Shundan so‘ng AQSh rasmiylari ma’lumotlarni Braziliya Adliya va jamoat xavfsizligi vazirligiga, ular esa Espirito-Santu shtati politsiyasiga yetkazishgan.

 

Politsiyani qabul qilganidan 3 kun o’tib, gumonlanovchi hujumni amalga oshirishni rejalashtirgan sanadan bir kun oldin, ish joyidan chiqayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

 

Tintuv vaqtida uning telefoni va boshqa buyumlari olib qo‘yilib, ekspertizaga yuborilgan.

 

Erkak so‘roq vaqtida ChatGPT orqali tegishli qidiruvlarni amalga oshirganini tan olgan, biroq o‘g‘lini o‘ldirish niyati bo‘lganini inkor qilgan. Politsiya esa sun’iy intellekt vositasi bilan olib borilgan suhbatlarda jinoyatni rejalashtirishga oid ma’lumotlar borligini bildirgan.

 

Hozirda gumondor tahdid qilish va jinoyatga undash bilan bog‘liq moddalar asosida tergov qilinmoqda. Politsiya yakuniy ayblovlar tergov natijalariga ko‘ra belgilanadi, deya ma’lum qilgan.

 

Avvalroq, AQShda diplomsiz yoshlar uchun ish topish osonlashgani va diplomlilar uchun esa vaziyat murakkablashayotgani haqida maqola e’lon qilgan edik.