Namanganda oʻquvchilarga nisbatan talonchilik qilgan texnikum oʻquvchilari aniqlandi

Namanganda oʻquvchilarga nisbatan talonchilik qilgan texnikum oʻquvchilari aniqlandi

Namanganda 7 nafar texnikum oʻquvchisi 4 nafar boshqa oʻquvchilarga zoʻrlik qilib, ularning pul, soat va telefonlarini olib qoʻyishgani aniqlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida bir guruh yigitlar boshqa yigitlarning buyumlarini zoʻrlik ishlatib olib qoʻygan holat aks etgan video tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan oʻrganildi. Maʼlum qilinishicha, 19-sentabr kuni Namangan shahrining “Dashtbogʻ” mahallasi hududida 2-sonli kasb-hunar texnikumining 1-bosqichida tahsil oluvchi 7 nafar oʻquvchi shu texnikumning 4 nafar 1-bosqich oʻquvchisining yonidagi pul, soat va telefonlarini zoʻrlik ishlatish yoʻli bilan olib qoʻygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv davomida videotasvirda aks etgan barcha ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan va mazkur holat natijasida biror-bir shaxsga tan jarohati yetkazilmaganligi aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠