Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 24-sentabr kuni o‘tkaziladi.
Nostrifikatsiya bo’yicha navbatdagi test sinovlari 24-sentyabr kuni o’tkazilishi belgilandi. Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin.
Faylni yuklash
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan borishlari kerak.
Nostrifikatsiya imtihonlarida test mutaxassislik bo‘yicha 50 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi va eng kamida 55 ball to‘plash talab etiladi.
Nostrifikatsiya imtihoniga tayyorlanish uchun Sinovtest.uz platformasiga namunaviy testlar joylashtirildi. Buning uchun platformada roʻyxatdan oʻtish va nostrifikatsiya boʻlimidan kerakli fanni tanlash kifoya
