Avvalroq, 2025-yil 13–30-sentyabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Natijalar my.gov.uz saytida joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar ularni “Mening arizalarim” bo‘limidan ko‘rishlari hamda muvaffaqiyatli o‘tganlar sertifikatlarini my.gov.uz orqali elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.
Natijadan norozi bo‘lgan talabgorlar 8–10-oktyabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Shikoyatlar ikki hafta muddatda ko‘rib chiqiladi.
