2025-yil 13–30-sentabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Natijalar my.gov.uz saytida joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar ularni “Mening arizalarim” bo‘limidan ko‘rishlari mumkin.
Testdan muvaffaqiyatli o‘tganlar sertifikatlarini my.gov.uz orqali elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.
Natijadan norozi bo‘lgan talabgorlar 8–10-oktabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Shikoyatlar ikki hafta muddatda ko‘rib chiqiladi.
